» » Inqirozga yuz tutgan Babayancha falsafa

Inqirozga yuz tutgan Babayancha falsafa

Inqirozga yuz tutgan Babayancha falsafaBiz kutgan va biz xavotir olgan o'sha kun nixoyat ko'rinish berdi. Afsuski biz xoxlamagan tarzda. O'zbekiston axolising futbolga bee'tibor bo'lmagan katta qismi, yuqori ehtimol bilan Eron bilan o'yin arafasida ikki xil kayfiyatda edi. Aslida tan olaylik bu o'yinda mag'lubiyatga uchrashimizni kutganlar ham yetarlicha topildi. Xozirgacha biror marta terma jamoamiz mag'lubiyatga uchrashini tilagan muxlisni uchratmagandim. Meni shunday baxtga erishishimda sababchi bo'lgan janob Babayanga minnatdorchilik bildirib qolaman.

Bu inson tomonidan aytib o'tilgan tarkib borasida O'zbekiston termasing xozirgacha bo'lgan eng kuchli davr, muxlislar tomonidan o'z termasing mag'lubiyatini kutgan davr bilan to'g'ri kelishida Babayanning zarracha xam roli yo'q. Barchasiga vertikal futbol va o'zgacha tushunarsiz falsafani futbolga olib kirgan mutaxassislar aybdor. Muxlislar auditoriyasi tomonidan ham mag'lubiyat, ham g'alaba birdek xursandchlik bilan qabul qilininishini barchamizga o'rgatgan Samvelakaga qoyil. Nimaga deysizmi? Ko'pchilik muxlislar g'alabani kutganiga izox berish shartmas, lekin mag'lubiyat ham ba'zi muxlislarimizga quvonch olib kelishi mumkin edi. Faqat, buning uchun Federatsiya murabbiylar shtabini ishdan olishi talab qilinardi. Ko'ryapsizmi, Babayan janoblari bizga yana birato'la ikkita orzuga erishishga intilishniyam o'rgatdilar. Bugungi o'yinda futbolda murabbiyning roli naqadar kuchli ekanligiga guvox bo'ldim.

Tarkib, sxema va taktika borasida tushunarsizlik bizning 4 kishilik murabbiylar shtabi qarori ekani kulgimni qistatadi. E'tibor berdingizmi, terma jamoada kayfiyat degan narsa umuman yo'q edi shu kecha. Ularda na ishonch, na axillik ko'zga tashlanardi. Yanayam Eron o'z darajasidan pastroq o'ynadi menimcha. Termamiz a'zolari esa ochiq xudud qoldirishda mezbonlarga ancha muruvvat ko'rsatishdi. O'ng qanot ximoyachisi pozitsiyada shundog'am kuchli o'ynay olmaydigan Akmal Shoraxmedovning chap qanot ximoyasiga o'tkazilishi bu xaqiqiy menejerga xos. Axir bunday o'yin xaroratida shunday qarorga biror bir murabbiy kelmasligi aniq. Bu qarorni naqadar axmoqona ekanini Akmal Shoraxmedov xam ortig'i bilan isbotlab berdi, manzilsiz qanotdan to'p oshirishlari bilan.

Xujumda ishing yurishmadimi, tamom zaxiraga olinasan. Yo'q, azizlar! Bu bizning Sergeyevga umuman taaluqli bo'lmagan qoida. Marxamat, gol urolmasang qanot yarim ximoyachisiga aylanishing mumkin. Axir Igor Sergeyev xar qaysi pozitsiyada xam Sardor Rashidovdan kuchli. Bu murabbiyning axmoqona falsafalaridan biri. Shundog'am oldingi chiziqda nimadir qilishga intilgan Timurxo'ja Abduxoliqov o'yindan olinib, uchrashuv ekvatoridayoq charchoqdan belini ushlab turishni boshlagan va o'yin davomida biror bir vaziyat yarata olmagan Sergeev maydonda qolishi navbatdagi yirik xatoliklarning davomi edi xolos. Osiyoda xar qanday klub tarkibida ko'rishni xoxlayotgan Sardor Rashidov zaxirada qoldirilishi, bu chinakamiga shaxsiy masalalar ta'siri edi go'yo. Oldingi o'yinlar bu futbolchi zaxiradan tushib, yuqori kayfiyani yo'qotib tushishini ko'rsatgan edi.

Asosiy tarkibdan xaqli bo'la turib joy ajratilmagan xar qanday futbolchi ikkinchi figura sifatida positiv kechinmalarda maydonga tushmasligi aniq. Sardorni asosiyda tushurmadingmi, tamom umuman o'yinga qo'ymaslik kerak edi. Eron futbolini yaxshi bilgan Fozil Musayev esa bizga ancha yordam berishi mumkin bo'lgan vaziyatda xar doimgiday zaxirada navbat kutdi. Ishonchim komilki, shu yigit Eronliklarga aytar so'zi bor edi. Biz maqtagan psixolog Babayan qayerda edi. Yo'q u psixolog ham emas, u falsafashunos. O'ylab qarasam, mag'lubiyatga sabab bo'lgan barcha faktorlar terma jamoamiz murabbiylar shtabidagi kvartetning qarorlari maxsuli ekan. Jangovar to'rtlik. Bulardan tashqari yana bir inson borki, biz u insonning Osiyo bo'ylab sayoxatini bo'ynimizga olib, qolmishiga u inson uchun katta miqdordagi oylik maosh ham beramiz. Sezdingiz-a gap kim xaqida ketyapti?


"Paxtakor" a'zolarining o'yinini muxokama qilish fikridan yiroqman. Lekin aynan Babayan ko'pchiligimizni "Paxtakor" yomon
ko'rishimizga sabab bo'lgani achchiq xaqiqat. Davron Xoshimov bu o'yinda nima uchun maydonga tushganini xaliyam anglay olmagan bo'lsa kerak. U xaliyam "So'g'diyona" klubi bilan bo'lgan o'yindagi kayfiyatida ko'rinadi. Marxamat xurmatli Davronjon, termaga keldingmi, tamom "Nasaf" va boshqa oliy liga klublari xaqidagi ichki tasavvuringni chetga surib xarakat qil. Bu yerda Sherzod Qosimov yoki Timur To'xtasinov yo'q yordam beradigan. Aslidaku biz bu siklda Suriyadan qabul qilingan mag'lubiyatdan keyinoq ko'p narsani yo'qotib ulgurgandik. Afsuski raxbariyat buni ko'rmadi. Vaxolanki, oldingi saralashda birinchi xato uchun, Abramov xam, Qosimov xam kechirilmagandi. Nima karomat ko'rsatdiki, Babayanga yana va yana imkoniyat berilsa. Bundanam yaxshilik kutish bizning o'zbeklarga xos. Endi Babayanni iste'foga chiqarishga shoshilmasin xurmatli jonkuyarlarimiz. Endi oxirigacha qo'yib berishsin shu insonlarga. Shuncha imkoniyatni ko'kka sovurushgani uchun, shunchaki istefo bilan qutilib ketmasliklari uchun ham qo'yib berishsin. Endi xammasi kech. Murabbiylarni almashtirish ham endi faqat jazodan qochish xisoblanadi.

Marxamat qilib, vada qilingan yo'llanmani olib berishsin, yoki barchalari olgan million million pullarni xalqqa qaytarishsin. Bu axir byudjetniki. Qaysidir oddiy ishchi 300 yoki 400 ming so'm kamomadga yo'l qo'ysa, xatto qamoq bilan jazolanyapti. Nimaga endi bular jazolanmasligi kerak. Yoki bular uchun qonun aloxida ishlab chiqilganmi? Jurnalistlarimiz qo'l qovushtirib o'tirish bilan band bo'lib turishgan bir paytda, shuncha e'tirozni yozganim, men vatanimni qanchalik sevishindan xolos. Men xalqim uchun xamma narsaga tayyorman. Agar mard jurnalistlarimiz bo'lsa, marxamat qilib ichingizdagini ochib soling. Axir siz ham gapirgingiz keladi. Qachonga kimdandir qo'rqib yashaysiz. Jurnalistik tajribasi bo'lmagan shu xamyurtingiz imkon qadar ochiqlashga xarakat qilgan bugungi dolzarb masalani siz ham yuksak iste'dodingiz bilan ko'rsatib bering. Shu darajangizni bugun ko'rsatmasangiz, yana qachon ko'rsatasiz? Axir sizga baxo beradigan bu xalq. Qayerdagi menejer yoki sayoxatchi Jorjovichlar emas. Bugun ich ichimdan yig'ladim, ishoning. Jaxon Chempionatiga chiqish imkoniyatimiz yo'qotilayotgani uchun emas, o'zbek deya atalmish millat kimlarningdir qo'lida kamsitilgani uchun g'ururdan yig'ladim. Yana qancha insonlarning ko'z yoshlariga guvox bo'lmadi bu kecha. Qanchadan qancha insonlar xechkimga ko'rsatolmay yig'ladi. Shu ko'z yoshlar, shu g'urur xaqqi barchasi uchun javobgarlik talab qilaman.

Xatto mundialga chiqqan taqdirimizdayam bu murabbiylarning umuman mexnatisiz qo'lga kiritilgan xisoblayman. Men professional jurnalist emasman. Xatto bunga da'vo ham qilmayman. Buni qila olsayam bajarmayotgan jurnalistlarimiz uchun ham yozishga qaror qildim. Bu xech qanday maqola emas. Bu shunchaki O'zbekiston farzandining ichki kechinmalari xolos.


Namangan viloyati,
To'raqo'rg'on tumanidan Sardorbek Isroilov.скачать dle 10.4фильмы бесплатно


Фикр колдириш

Информация
Фикр колдириш учун аввал регистрациядан ўтинг!
»»» Келди ««« Кетди
И. Исоқжонов -
Р Е К Л А М А
1xBet
Кейинги учрашув
26-тур. 30 ноябрь, 15:15
- : -
Суперлига - 2019
Жамоа Ў О
1 Пахтакор 26 69
2 Локомотив 26 49
3 Бунёдкор 26 43
4 Сўғдиёна 26 40
5 Металлург 26 35
6 Сурхон 26 35
7 Насаф 26 33
8 АГМК 26 32
9 Навбаҳор 26 32
10 Андижон 26 28
11 Қўқон-1912 26 26
12 Бухоро 26 24
13 Қизилқум 26 24
14 Динамо 26 24
Сизнинг рекламангиз учун жой. Телеграмда @lochinlaruz ни изланг!
Ўтган учрашув
21-тур. 1 okтябрь, 19:15
1 - 0
Тақвим
«    декабр 2019    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Логин
Пароль
Запомнить